Biz bilan bo’glanish
+998-73-226-34-50
01.07.2026 10:15
Bugungi kunda tibbiyot nafaqat yuksak bilim va mahoratni, balki zamonaviy fikrlash, innovatsion yondashuv va yuksak mas’uliyatni ham talab etadi. Bu vazifalarni amalga oshirishda yosh mutaxassislarning o‘rni tobora ortib bormoqda. Chunki yoshlar — yangilikka intiluvchan, ilg‘or texnologiyalarni tez o‘zlashtiradigan, ilmiy izlanishlarga qiziquvchan va tashabbuskor kuchdir.
Mamlakatimizda keyingi yillarda sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar yosh kadrlarning kasbiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda. Zamonaviy tibbiyot muassasalari, raqamli texnologiyalarning joriy etilishi, malaka oshirish dasturlari va ilmiy tadqiqotlarga keng yo‘l ochilgani buning yaqqol isbotidir.
Ayniqsa, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik tizimida yosh mutaxassislar zimmasiga katta mas’uliyat yuklangan. Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yuqumli kasalliklarning oldini olish, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishini ta’minlash, profilaktik tadbirlarni samarali tashkil etish kabi vazifalarda ularning bilim va tashabbuskorligi muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Hozirgi globallashuv davrida yangi yuqumli kasalliklar, ekologik omillar va demografik o‘zgarishlar tibbiyot sohasi oldiga yanada katta vazifalarni qo‘ymoqda. Bunday sharoitda xorijiy tillarni biladigan, raqamli texnologiyalardan samarali foydalanadigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini amaliyotga tatbiq eta oladigan yosh kadrlarga ehtiyoj tobora ortib bormoqda.
Shu bilan birga, tibbiyot xodimi uchun kasbiy bilimning o‘zi yetarli emas. Insonparvarlik, halollik, mehr-shafqat, fidoyilik va xalq dardini o‘z dardidek his etish kabi fazilatlar har bir shifokor va sanitariya sohasi xodimining asosiy mezoni bo‘lib qolaveradi. Ana shu qadriyatlar yosh avlod ongiga singdirilgandagina tizimning haqiqiy kelajagini ta’minlash mumkin.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek, Yangi O‘zbekistonning eng katta boyligi — bilimli, vatanparvar va tashabbuskor yoshlardir. Bu ishonch yosh tibbiyot xodimlari zimmasiga ham ulkan mas’uliyat yuklaydi. Ular xalq salomatligini muhofaza qilish, profilaktika tizimini yanada rivojlantirish va tibbiyot sohasini yangi bosqichga olib chiqishda faol ishtirok etishlari zarur.
Biz har bir yosh mutaxassisni ilm olishdan to‘xtamaslikka, o‘z ustida doimiy ishlashga, kasbiy mahoratini oshirishga va yuksak insoniy fazilatlarni saqlab qolishga chaqirishimiz lozim. Chunki bugungi yosh kadrlarning bilim va salohiyati ertangi sog‘liqni saqlash tizimining qiyofasini belgilaydi.
Zero, tibbiyot sohasining ravnaqi — millat salomatligi, millat salomatligi esa yurt kelajagining mustahkam poydevoridir.
Shohruh Erkinjonov,
Sanepidqo‘mita Bag‘dod tuman bo‘limi boshlig‘i,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi tinglovchisi,
“Istiqbolli davlat xizmatchisi” viloyat tanlovi g‘olibi.
So’ngi yangiliklar
VIRUSLI GEPATIT — OLDINI OLISH MUMKIN BO‘LGAN KASALLIK!...
Sanepidqo‘mita O‘zbekiston tuman bo‘limi tomonidan tumandagi umumta’lim maktablarida faoliyat yuritay......
Yangiliklar | 07.10.2026 11:10
Oziq-ovqat xavfsizligi nazorat qilindi...
Sanepidqo’mita Farg’ona shahar bo’limi hamda Farg’ona viloyat Ichki Ishlar boshqarmasi Karantin tadbi......
Yangiliklar | 25.09.2026 10:05
TADBIRKORLIK SUBYEKTLARIDA PROFILAKTIKA TADBIRLARINI O‘TKAZISH TARTIBI......
Tadbirkorlik subyektlarida nazorat qiluvchi organlar tomonidan profilaktika tadbirlari tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlas......
Yangiliklar | 16.09.2026 02:45
CHANG BO‘RONLARI: ATROF-MUHIT VA AHOLI SALOMATLIGIGA TA’SIRI...
Kuchli shamol natijasida havoga ko‘tariladigan chang va qum zarrachalari atrof-muhitga, shuningdek, inson salomatligiga......
Yangiliklar | 09.09.2026 11:05