Contact us
+998-73-226-34-50
01.07.2026 10:15
Bugungi kunda tibbiyot nafaqat yuksak bilim va mahoratni, balki zamonaviy fikrlash, innovatsion yondashuv va yuksak mas’uliyatni ham talab etadi. Bu vazifalarni amalga oshirishda yosh mutaxassislarning o‘rni tobora ortib bormoqda. Chunki yoshlar — yangilikka intiluvchan, ilg‘or texnologiyalarni tez o‘zlashtiradigan, ilmiy izlanishlarga qiziquvchan va tashabbuskor kuchdir.
Mamlakatimizda keyingi yillarda sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar yosh kadrlarning kasbiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda. Zamonaviy tibbiyot muassasalari, raqamli texnologiyalarning joriy etilishi, malaka oshirish dasturlari va ilmiy tadqiqotlarga keng yo‘l ochilgani buning yaqqol isbotidir.
Ayniqsa, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik tizimida yosh mutaxassislar zimmasiga katta mas’uliyat yuklangan. Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yuqumli kasalliklarning oldini olish, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishini ta’minlash, profilaktik tadbirlarni samarali tashkil etish kabi vazifalarda ularning bilim va tashabbuskorligi muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Hozirgi globallashuv davrida yangi yuqumli kasalliklar, ekologik omillar va demografik o‘zgarishlar tibbiyot sohasi oldiga yanada katta vazifalarni qo‘ymoqda. Bunday sharoitda xorijiy tillarni biladigan, raqamli texnologiyalardan samarali foydalanadigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini amaliyotga tatbiq eta oladigan yosh kadrlarga ehtiyoj tobora ortib bormoqda.
Shu bilan birga, tibbiyot xodimi uchun kasbiy bilimning o‘zi yetarli emas. Insonparvarlik, halollik, mehr-shafqat, fidoyilik va xalq dardini o‘z dardidek his etish kabi fazilatlar har bir shifokor va sanitariya sohasi xodimining asosiy mezoni bo‘lib qolaveradi. Ana shu qadriyatlar yosh avlod ongiga singdirilgandagina tizimning haqiqiy kelajagini ta’minlash mumkin.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek, Yangi O‘zbekistonning eng katta boyligi — bilimli, vatanparvar va tashabbuskor yoshlardir. Bu ishonch yosh tibbiyot xodimlari zimmasiga ham ulkan mas’uliyat yuklaydi. Ular xalq salomatligini muhofaza qilish, profilaktika tizimini yanada rivojlantirish va tibbiyot sohasini yangi bosqichga olib chiqishda faol ishtirok etishlari zarur.
Biz har bir yosh mutaxassisni ilm olishdan to‘xtamaslikka, o‘z ustida doimiy ishlashga, kasbiy mahoratini oshirishga va yuksak insoniy fazilatlarni saqlab qolishga chaqirishimiz lozim. Chunki bugungi yosh kadrlarning bilim va salohiyati ertangi sog‘liqni saqlash tizimining qiyofasini belgilaydi.
Zero, tibbiyot sohasining ravnaqi — millat salomatligi, millat salomatligi esa yurt kelajagining mustahkam poydevoridir.
Shohruh Erkinjonov,
Sanepidqo‘mita Bag‘dod tuman bo‘limi boshlig‘i,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi tinglovchisi,
“Istiqbolli davlat xizmatchisi” viloyat tanlovi g‘olibi.
So’ngi yangiliklar
Yoshlar — tibbiyotning buguni va kelajagi...
Bugungi kunda tibbiyot nafaqat yuksak bilim va mahoratni, balki zamonaviy fikrlash, innovatsion yondashuv va yuksak mas&rsquo......
Announcements | 01.07.2026 10:15
Tadbirkorlik subyektlarida xavf darajasini tahlil qilish – qonunbuzarl......
Mazkur hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik os......
Announcements | 29.06.2026 09:15
Giyohvandlikka qarshi kurash – millat kelajagini asrash yo‘lidagi muhi......
Shu bois yangi qonunda narkotik vositalarni tarqatishning zamonaviy usullariga qarshi samarali choralar belgilanganligi, ushb......
Announcements | 19.06.2026 11:20
YOZNING ISSIQ KUNLARIDA EHTIYOT CHORALARI...
Yoz faslida ob-havoning birdaniga isib ketishi bilan ko‘pchilik insonlarning tabiatga sayrga chiqishi, salqin ich......
Announcements | 15.06.2026 10:15