Biz bilan bo’glanish
+998-73-226-34-50
07.10.2026 11:10
Sanepidqo‘mita O‘zbekiston tuman bo‘limi tomonidan tumandagi umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan maktab hamshiralarining tibbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, virusli gepatit kasalligining oldini olish hamda aholi, ayniqsa, o‘quvchilar o‘rtasida sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishini targ‘ib qilish maqsadida “Virusli gepatit kasalligi va uning profilaktikasi” mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminar davomida ishtirokchilarga virusli gepatit kasalligining kelib chiqish sabablari, turlari, yuqish yo‘llari, asosiy klinik belgilari, kasallikni erta aniqlash va uning asoratlarini oldini olish, toza ichimlik suvidan foydalanish, oziq-ovqat mahsulotlarini to‘g‘ri saqlash va iste’mol qilish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, maktab hamshiralarining o‘quvchilar salomatligini muhofaza qilishdagi o‘rni, ta’lim muassasalarida sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishini nazorat qilish, o‘quvchilar va ota-onalar o‘rtasida targ‘ibot ishlarini olib borish yuzasidan ham tavsiyalar berildi.
Bundan tashqari, virusli gepatitning ayrim turlariga qarshi emlashning ahamiyati, profilaktik tadbirlarni o‘z vaqtida tashkil etish hamda kasallik alomatlari kuzatilgan hollarda tibbiyot xodimlariga murojaat qilish zarurligi tushuntirildi.
Tadbir yakunida maktab hamshiralarining savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berilib, virusli gepatit kasalligining oldini olishda hamkorlikdagi profilaktik ishlarni yanada kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.
So’ngi yangiliklar
VIRUSLI GEPATIT — OLDINI OLISH MUMKIN BO‘LGAN KASALLIK!...
Sanepidqo‘mita O‘zbekiston tuman bo‘limi tomonidan tumandagi umumta’lim maktablarida faoliyat yuritay......
Yangiliklar | 07.10.2026 11:10
Oziq-ovqat xavfsizligi nazorat qilindi...
Sanepidqo’mita Farg’ona shahar bo’limi hamda Farg’ona viloyat Ichki Ishlar boshqarmasi Karantin tadbi......
Yangiliklar | 25.09.2026 10:05
TADBIRKORLIK SUBYEKTLARIDA PROFILAKTIKA TADBIRLARINI O‘TKAZISH TARTIBI......
Tadbirkorlik subyektlarida nazorat qiluvchi organlar tomonidan profilaktika tadbirlari tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlas......
Yangiliklar | 16.09.2026 02:45
CHANG BO‘RONLARI: ATROF-MUHIT VA AHOLI SALOMATLIGIGA TA’SIRI...
Kuchli shamol natijasida havoga ko‘tariladigan chang va qum zarrachalari atrof-muhitga, shuningdek, inson salomatligiga......
Yangiliklar | 09.09.2026 11:05