25.09.2026 10:05

Oziq-ovqat xavfsizligi nazorat qilindi

Sanepidqo’mita Farg’ona shahar bo’limi hamda Farg’ona viloyat Ichki Ishlar boshqarmasi Karantin tadbirlarini ta’minlash guruhi xodimlari tomonidan ommaviy tadbirlar tashkil etiladigan hududlarda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida reyd tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida fuqaro tomonidan sanitariya talablariga zid ravishda qo‘lbola usulda tayyorlangan, iste’molga yaroqsiz 270 dona xot-dog mahsuloti aniqlanib, sotuvga chiqarilishining oldi olindi.
Holat yuzasidan tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilib, mahsulotlar belgilangan tartibda utilizatsiya qilish uchun topshirildi.
Shuningdek, fuqaro bilan sanitariya qoidalariga rioya qilish hamda iste’molga yaroqsiz mahsulotlarni sotish inson salomatligi uchun xavfli ekani yuzasidan profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi.