21.05.2026 09:55

Targ‘ibot tadbiri

Farg‘ona shahar Sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi bo‘limida  korrupsiyaning oldini olish, xodimlarda halollik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlash maqsadida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Farg‘ona viloyat Sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va ichki nazorat bo’limi mutaxasisi I.Akramov, bo‘lim rahbariyati, hamda xodimlar ishtirok etdilar.
Tadbir davomida korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, davlat tizimida ochiqlik va adolatni ta’minlashdagi muhim vazifalar haqida atroflicha so‘z yuritildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, sohaga oid qonun va me’yoriy hujjatlar mazmun-mohiyati ishtirokchilarga batafsil tushuntirildi.
 Ma’ruzachilar tomonidan sanitariya-epidemiologiya va jamoat salomatligi tizimida xizmat vazifalarini sidqidildan bajarish, fuqarolar murojaatlariga qonuniy va xolisona yondashish, xizmat mavqeidan shaxsiy manfaat yo‘lida foydalanmaslik har bir xodimning asosiy burchi ekanligi alohida ta’kidlandi.
Tadbirda korrupsion holatlarning oldini olishda jamoatchilik nazorati, xizmat intizomi va xodimlarning huquqiy madaniyatini oshirish muhim omil ekani qayd etildi. Shu bilan birga, har bir xodimdan halollik, mas’uliyat va vatanparvarlik tamoyillariga sodiq qolish talab etilishi aytib o‘tildi.
Yakunda ishtirokchilar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha fikr va takliflar bildirilib, kelgusida bu kabi targ‘ibot tadbirlarini muntazam ravishda tashkil etish zarurligi ta’kidlandi. Tadbir barcha xodimlarni korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lishga, qonun ustuvorligini ta’minlashga va fuqarolarga sifatli xizmat ko‘rsatishga chorlovchi ochiq muloqot ruhida o‘tdi.