Contact us
+998-73-226-34-50
21.05.2026 09:55
Farg‘ona shahar Sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi bo‘limida korrupsiyaning oldini olish, xodimlarda halollik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlash maqsadida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Farg‘ona viloyat Sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va ichki nazorat bo’limi mutaxasisi I.Akramov, bo‘lim rahbariyati, hamda xodimlar ishtirok etdilar.
Tadbir davomida korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, davlat tizimida ochiqlik va adolatni ta’minlashdagi muhim vazifalar haqida atroflicha so‘z yuritildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, sohaga oid qonun va me’yoriy hujjatlar mazmun-mohiyati ishtirokchilarga batafsil tushuntirildi.
Ma’ruzachilar tomonidan sanitariya-epidemiologiya va jamoat salomatligi tizimida xizmat vazifalarini sidqidildan bajarish, fuqarolar murojaatlariga qonuniy va xolisona yondashish, xizmat mavqeidan shaxsiy manfaat yo‘lida foydalanmaslik har bir xodimning asosiy burchi ekanligi alohida ta’kidlandi.
Tadbirda korrupsion holatlarning oldini olishda jamoatchilik nazorati, xizmat intizomi va xodimlarning huquqiy madaniyatini oshirish muhim omil ekani qayd etildi. Shu bilan birga, har bir xodimdan halollik, mas’uliyat va vatanparvarlik tamoyillariga sodiq qolish talab etilishi aytib o‘tildi.
Yakunda ishtirokchilar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha fikr va takliflar bildirilib, kelgusida bu kabi targ‘ibot tadbirlarini muntazam ravishda tashkil etish zarurligi ta’kidlandi. Tadbir barcha xodimlarni korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lishga, qonun ustuvorligini ta’minlashga va fuqarolarga sifatli xizmat ko‘rsatishga chorlovchi ochiq muloqot ruhida o‘tdi.
So’ngi yangiliklar
TADBIRKORLIK SUBYEKTLARIDA PROFILAKTIKA TADBIRLARINI O‘TKAZISH TARTIBI......
Tadbirkorlik subyektlarida nazorat qiluvchi organlar tomonidan profilaktika tadbirlari tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlas......
Announcements | 16.09.2026 02:45
CHANG BO‘RONLARI: ATROF-MUHIT VA AHOLI SALOMATLIGIGA TA’SIRI...
Kuchli shamol natijasida havoga ko‘tariladigan chang va qum zarrachalari atrof-muhitga, shuningdek, inson salomatligiga......
Announcements | 09.09.2026 11:05
«O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» munosabati bila......
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan mamlakatimizda ko‘p yillik samarali mehnati, soha rivojiga qo‘shg......
Announcements | 28.08.2026 10:45
Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan munosib e’tirof...
Mustaqilligimizning 35 yillik shodiyonasi arafasida yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va jamiyatimiz ravnaqi yo&lsqu......
Announcements | 27.08.2026 11:00