Meningit — bu bosh miya va orqa miyaning himoya pardalari (meningalar) yallig‘lanishi bilan kechadigan og‘ir yuqumli kasallikdir. Ushbu xastalik tez rivojlanishi va o‘z vaqtida davolanmasa, hayot uchun xavfli asoratlarga olib kelishi bilan xavflidir. Shu bois meningit haqida aholining xabardorligini oshirish va uning oldini olish muhim ahamiyat kasb etadi.
Meningitning kelib chiqish sabablari
Meningit turli mikroorganizmlar ta’sirida kelib chiqadi:
Bakterial meningit (meningokokk, pnevmokokk, gemofil tayoqcha) — eng og‘ir va xavfli shakl;
Virusli meningit — nisbatan yengilroq kechadi;
Zamburug‘li meningit — asosan immuniteti pasaygan odamlarda uchraydi.
Kasallik havo-tomchi yo‘li, yaqin muloqot, iflos qo‘l, shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilmaslik orqali yuqishi mumkin.
Asosiy alomatlari
Meningit ko‘pincha to‘satdan boshlanadi va quyidagi belgilar bilan namoyon bo‘ladi:
Ushbu alomatlar paydo bo‘lganda zudlik bilan shifokorga murojaat qilish zarur.
Meningitning oqibatlari
Agar kasallik o‘z vaqtida davolanmasa, u eshitishning pasayishi, asab tizimi shikastlanishi, tutqanoq, aqliy rivojlanishning sekinlashuvi, hatto o‘limga olib kelishi mumkin.
Meningitning oldini olish (profilaktika)
Meningitning oldini olishda quyidagi choralar muhim hisoblanadi:
1. Emlash
Bugungi kunda meningitga qarshi samarali vaksinalar mavjud. Ayniqsa bolalar, keksalar va immuniteti past shaxslar uchun emlash tavsiya etiladi.
Yuqumli kasalliklarga chalingan shaxslar bilan yaqin aloqadan saqlanish lozim.
Xulosa
Meningit — jiddiy va xavfli kasallik. Uni davolashdan ko‘ra oldini olish osonroq va samaraliroqdir. Aholining hushyorligi, emlashga mas’uliyat bilan yondashish va shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish orqali ushbu kasallikning oldini olish mumkin.
F Mamadaliyev, Sanepidqo`mita Farg`ona viloyat boshqarmasi Epidemiologiya bo`limi mudiri