Biz bilan bo’glanish
+998-73-226-34-50
19.06.2026 11:20
Shu bois yangi qonunda narkotik vositalarni tarqatishning zamonaviy usullariga qarshi samarali choralar belgilanganligi, ushbu turdagi jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytirilganligi va voyaga yetmaganlarni himoya qilishga alohida e’tibor qaratilganligi ayniqsa muhimdir.
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva tomonidan ushbu masalaning shaxsiy nazoratga olingani ham davlatimizda giyohvandlikka qarshi kurash masalasi ustuvor ahamiyat kasb etayotganidan dalolat beradi. Ularning ta’kidlaganidek, bu kurashda nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi organlar, balki ota-onalar, ta’lim muassasalari, mahalla fuqarolar yig‘inlari va keng jamoatchilikning hamkorligi hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligini ta’minlash tizimi vakili sifatida shuni alohida ta’kidlashni istardimki, giyohvandlikka qarshi kurash faqatgina huquqiy choralar bilan cheklanib qolmasligi kerak. Bu borada profilaktika ishlari, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ular o‘rtasida tushuntirish va ma’rifiy tadbirlarni kuchaytirish muhim ahamiyatga ega.
Bizning asosiy maqsadimiz – yoshlarimizni zararli odatlardan asrash, ularning jismoniy va ma’naviy salomatligini mustahkamlash hamda kelajak avlod uchun sog‘lom va xavfsiz muhit yaratishdir. Zero, giyohvandlikka qarshi kurash har birimizning fuqarolik burchimiz va kelajak oldidagi mas’uliyatimizdir.
Matqulov Ro‘ziboy Mamatxalilovich
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va Jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshloq tumani bo‘limi boshlig‘i,
Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi deputati.
So’ngi yangiliklar
Korrupsiyaga qarshi kurashish — taraqqiyot va ishonch kafolati...
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi tizimida ham korrupsiyaning oldini olish ustuvor vazifalardan bir......
Yangiliklar | 09.07.2026 10:50
Yoshlar — tibbiyotning buguni va kelajagi...
Bugungi kunda tibbiyot nafaqat yuksak bilim va mahoratni, balki zamonaviy fikrlash, innovatsion yondashuv va yuksak mas&rsquo......
Yangiliklar | 01.07.2026 10:15
Tadbirkorlik subyektlarida xavf darajasini tahlil qilish – qonunbuzarl......
Mazkur hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik os......
Yangiliklar | 29.06.2026 09:15
Giyohvandlikka qarshi kurash – millat kelajagini asrash yo‘lidagi muhi......
Shu bois yangi qonunda narkotik vositalarni tarqatishning zamonaviy usullariga qarshi samarali choralar belgilanganligi, ushb......
Yangiliklar | 19.06.2026 11:20