14.05.2026 11:25

Masjidlarda "Qurbon hayiti"ga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda

Quvasoy shahridagi masjidlarda muborak" Qurbon hayiti" bayrami munosabati bilan o‘qiladigan hayit namozlarini tartibli va xavfsiz tashkil etish maqsadida tayyorgarlik tadbirlari amalga oshirilmoqda.

- Tayyorlov ishlari davomida masjid hududlari sanitariya holatini yaxshilash, dezinfeksiya tadbirlarini o‘tkazish, ichimlik suvi va tozalik talablariga rioya etilishini nazorat qilish ishlari olib borilmoqda.
- Shuningdek, fuqarolar uchun qulay sharoit yaratish, jamoat tartibini saqlash hamda masjid atroflarini obodonlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.