07.10.2026 02:25

QUTURISH KASALLIGINING OLDINI OLISH — MUHIM PROFILAKTIK CHORA

Quturish — markaziy asab tizimini zararlaydigan, hayvonlardan insonga yuqishi mumkin bo‘lgan o‘ta xavfli yuqumli kasallikdir. Kasallik belgilari namoyon bo‘lgandan so‘ng og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Quturish kasalligining oldini olishda aholi o‘rtasida sanitariya-targ‘ibot ishlarini olib borish, hayvonlar bilan ehtiyotkor munosabatda bo‘lish hamda hayvon tishlagan yoki tirnagan hollarda o‘z vaqtida tibbiy yordamga murojaat qilish muhim ahamiyatga ega.

Hayvon tishlagan yoki tirnagan taqdirda jarohatlangan joyni darhol sovun va ko‘p miqdordagi suv bilan yaxshilab yuvish, yarani o‘zboshimchalik bilan davolamasdan, zudlik bilan tibbiyot muassasasiga murojaat qilish lozim. Shifokor tavsiyasiga ko‘ra quturishga qarshi emlash kursini o‘z vaqtida olish kasallikning oldini olishda muhim hisoblanadi.

Shuningdek, uy hayvonlarini veterinariya nazoratidan o‘tkazish va ularni quturishga qarshi emlatish kasallikning tarqalishining oldini olishda samarali choradir.

Sanepidqo‘mita Farg‘ona viloyat boshqarmasi mutaxassislari tomonidan joriy yilning 8 oyi davomida quturish kasalligini oldini olish borasida hududlarda 973 ta ma’ruzalar, 112 818 ta suhbatlar olib borildi. Radio orqali 564 ta, Televideniyeda 2 ta, gazetada 6 ta chiqishlar qilindi hamda 73 419 ta tarqatma materiallari tarqatildi.

Quturish kasalligining oldini olish — har birimizning mas’uliyatli munosabatimizdan boshlanadi.