Biz bilan bo’glanish
+998-73-226-34-50
03.09.2026 10:55
Yangi o‘quv kuni bolaning sog‘lom va to‘g‘ri tashkil etilgan nonushtasidan boshlanadi. Maktab yoshidagi bolalar faol o‘sish davrida bo‘lgani sababli ularning organizmi yetarli miqdorda energiya va foydali oziq moddalarga ehtiyoj sezadi.
Farzandingizni nonushtasiz maktabga yubormang!
Ertalab ovqatlanmaslik bolaning holsizlanishi, diqqatini jamlashi qiyinlashishi, aqliy va jismoniy faolligining pasayishiga olib kelishi mumkin.
Foydali nonushta tarkibida bo‘tqa, tuxum, sut mahsulotlari, sabzavot va mevalar kabi vitamin, mineral hamda oqsilga boy mahsulotlar bo‘lishi tavsiya etiladi.
Ertalab ishtahasi bo‘lmaydigan bolaga avval meva yoki iliq choy kabi yengil mahsulotlar taklif qilish mumkin. Muhimi, nonushta muntazam, to‘yimli va me’yorida bo‘lishidir.
Hurmatli ota-onalar! Farzandingizning kun davomida tetik, faol va diqqatli bo‘lishi uchun uning ertalabki ovqatlanishiga alohida e’tibor qarating.
So’ngi yangiliklar
VIRUSLI GEPATIT — OLDINI OLISH MUMKIN BO‘LGAN KASALLIK!...
Sanepidqo‘mita O‘zbekiston tuman bo‘limi tomonidan tumandagi umumta’lim maktablarida faoliyat yuritay......
Yangiliklar | 07.10.2026 11:10
Oziq-ovqat xavfsizligi nazorat qilindi...
Sanepidqo’mita Farg’ona shahar bo’limi hamda Farg’ona viloyat Ichki Ishlar boshqarmasi Karantin tadbi......
Yangiliklar | 25.09.2026 10:05
TADBIRKORLIK SUBYEKTLARIDA PROFILAKTIKA TADBIRLARINI O‘TKAZISH TARTIBI......
Tadbirkorlik subyektlarida nazorat qiluvchi organlar tomonidan profilaktika tadbirlari tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlas......
Yangiliklar | 16.09.2026 02:45
CHANG BO‘RONLARI: ATROF-MUHIT VA AHOLI SALOMATLIGIGA TA’SIRI...
Kuchli shamol natijasida havoga ko‘tariladigan chang va qum zarrachalari atrof-muhitga, shuningdek, inson salomatligiga......
Yangiliklar | 09.09.2026 11:05