28.08.2026 10:45

«O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» munosabati bilan munosib e'tirof

Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan mamlakatimizda ko‘p yillik samarali mehnati, soha rivojiga qo‘shgan munosib hissasi hamda aholi salomatligini muhofaza qilish yo‘lidagi xizmatlari bilan alohida namuna ko‘rsatib kelayotgan tibbiyot xodimlari e’tirof etilmoqda.

Bayram munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda Sanepidqo‘mita Farg‘ona viloyat boshqarmasi boshlig‘i Malikov Ergashali Malikovich hamda bir guruh xodimlarga Prezident Farmoniga muvofiq ta’sis etilgan «O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni topshirildi.

Shuningdek, tizimning hududiy bo‘limlarida uzoq yillardan buyon fidokorona mehnat qilib kelayotgan xodimlar ham munosib rag‘batlantirildi.
 

Taqdirlanganlarni qutlab, ularga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik va kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar tilaymiz!