27.08.2026 11:00

Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan munosib e’tirof

Mustaqilligimizning 35 yillik shodiyonasi arafasida yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va jamiyatimiz ravnaqi yo‘lida sidqidildan mehnat qilayotgan fidoyi insonlarni munosib rag‘batlantirish ezgu an’anaga aylangan.

Ana shunday e’tirofga sazovor bo‘lganlar safida Sanepidqo‘mita Quva tuman bo‘limi boshlig‘i Mamatqulov Sarvar Shavkatjonovich ham bor.

U O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga muvofiq, Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan fidokorona mehnati va samarali faoliyati uchun maxsus esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Maxsus esdalik ko‘krak nishonini Quva tumani hokimi Halimjon Komilovich tantanali ravishda topshirdi.
 

Sarvarbek Shavkatjonovichni ushbu munosib mukofot bilan samimiy muborakbod etamiz! Xalq salomatligi yo‘lidagi mas’uliyatli va sharafli faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!