05.08.2026 10:30

Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi

Sanepidqo‘mita Farg‘ona viloyat boshqarmasida boshqarma boshlig‘i E. Malikov rahbarligida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda korrupsiyaning oldini olish, xodimlarning shaxsiy mas’uliyatini oshirish, xizmat faoliyatida halollik va xolislik tamoyillariga qat’iy amal qilish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilikdagi yangiliklar yuzasidan tushuntirishlar berilib, korrupsiyaviy xavflarni barvaqt aniqlash, ichki nazorat tizimini takomillashtirish va targ‘ibot ishlarini izchil davom ettirish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.