02.06.2026 02:30

Farg‘ona viloyati dehqon bozorlari va qushxonalarda profilaktik reyd tadbirlari o‘tkazildi

Farg‘ona viloyati IIB JXX JTSB Karantin tadbirlarini ta’minlash guruhi xodimlari, Sanepidqo‘mitaning hududiy bo‘limlari hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi xodimlari hamkorligida dehqon bozorlarida nazorat ishlari olib borilmoqda.

Tadbirlar davomida oziq-ovqat mahsulotlarini sotuvga qo‘yish jarayonida veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya etilishi holati o‘rganilib, sifatsiz mahsulotlar savdodan olinmoqda. Shuningdek, sotuvchilarga qonunchilik talablari va sanitariya qoidalari bo‘yicha tushuntirishlar berilmoqda.