Biz bilan bo’glanish
+998-73-226-34-50
22.05.2026 11:50
Joriy yilning 22-may kuni Marg‘ilon shahar Sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi bo‘limi xodimlari uchun “Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida favqulodda holat yili” doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida korrupsiyaning oldini olish, davlat xizmatida halollik va shaffoflik tamoyillariga amal qilish, xizmat vakolatlarini suiiste’mol qilmaslik hamda xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, korrupsion holatlarning salbiy oqibatlari, ularni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha amaldagi qonunchilik talablari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Targ‘ibot tadbirida Farg'ona viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish ichki nazorat bo'limi xodimi Ilyosbek Akramov hamda boshqarma yuristi Sobirjon Meliboyev ishtirok etib, xodimlarga korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar, ichki nazorat tizimi va xodimlarning mas’uliyati yuzasidan tushuntirishlar berdi.
Tadbir yakunida xodimlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan huquqiy jihatdan asoslangan javoblar taqdim etildi hamda kelgusida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish bo‘yicha doimiy targ‘ibot ishlari davom ettirilishi ta’kidlandi.
So’ngi yangiliklar
Giyohvandlikka qarshi kurash – millat kelajagini asrash yo‘lidagi muhi......
Shu bois yangi qonunda narkotik vositalarni tarqatishning zamonaviy usullariga qarshi samarali choralar belgilanganligi, ushb......
Yangiliklar | 19.06.2026 11:20
YOZNING ISSIQ KUNLARIDA EHTIYOT CHORALARI...
Yoz faslida ob-havoning birdaniga isib ketishi bilan ko‘pchilik insonlarning tabiatga sayrga chiqishi, salqin ich......
Yangiliklar | 15.06.2026 10:15
YOZ O‘TKIR YUQUMLI ICHAK KASALLIKLAR “MAVSUMI”MI?...
Yurtimizda o‘z to‘kin dasturxonini yozib, sahiy yoz hukmronlik qilmoqda. Bugun qaysi bir tomorqa, bog&lsquo......
Yangiliklar | 26.05.2026 09:05
Masjidlarda "Qurbon hayiti"ga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda...
Quvasoy shahridagi masjidlarda muborak" Qurbon hayiti" bayrami munosabati bilan o‘qiladigan hayit namozlarini......
Yangiliklar | 14.05.2026 11:25