Biz bilan bo’glanish
+998-73-226-34-50
21.05.2026 11:55
Farg‘ona viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida “Farg‘ona viloyatida termitlarga qarshi kurashishni tizimli tashkil etish, aholi turar-joylari, ijtimoiy soha obyektlari, ma’muriy binolar, tarixiy obidalar hamda ochiq yer maydonlarida termitlar tarqalishining oldini olish choralarining samaradorligini tubdan oshirish” mavzusiga
videoselektor shaklida ko‘rgazmali-amaliy seminar tashkil etildi.
Unda mutaxassislar tomonidan termitlarning tarqalish omillari, ular yetkazishi mumkin bo‘lgan zararlar, ayniqsa turar-joylar, tarixiy obidalar hamda muhim infratuzilma obyektlarini saqlashda profilaktik chora-tadbirlarning ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Seminarda Farg‘ona viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi soha mutaxassislari ham ishtirok etib, hududlarda olib borilayotgan profilaktik tadbirlar, sanitariya nazorati hamda aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini kuchaytirish bo‘yicha o‘z taklif va tavsiyalarini bildirdilar.
Yakunda mas’ul tashkilotlar o‘rtasida hamkorlikni yanada mustahkamlash, termitlarga qarshi kurashishda tizimli yondashuvni kengaytirish hamda hududlarda profilaktik tadbirlarni izchil davom ettirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.
So’ngi yangiliklar
VIRUSLI GEPATIT — OLDINI OLISH MUMKIN BO‘LGAN KASALLIK!...
Sanepidqo‘mita O‘zbekiston tuman bo‘limi tomonidan tumandagi umumta’lim maktablarida faoliyat yuritay......
Yangiliklar | 07.10.2026 11:10
Oziq-ovqat xavfsizligi nazorat qilindi...
Sanepidqo’mita Farg’ona shahar bo’limi hamda Farg’ona viloyat Ichki Ishlar boshqarmasi Karantin tadbi......
Yangiliklar | 25.09.2026 10:05
TADBIRKORLIK SUBYEKTLARIDA PROFILAKTIKA TADBIRLARINI O‘TKAZISH TARTIBI......
Tadbirkorlik subyektlarida nazorat qiluvchi organlar tomonidan profilaktika tadbirlari tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlas......
Yangiliklar | 16.09.2026 02:45
CHANG BO‘RONLARI: ATROF-MUHIT VA AHOLI SALOMATLIGIGA TA’SIRI...
Kuchli shamol natijasida havoga ko‘tariladigan chang va qum zarrachalari atrof-muhitga, shuningdek, inson salomatligiga......
Yangiliklar | 09.09.2026 11:05