12.05.2026 02:15

Dehqon bozorlarida nazorat tadbirlari davom etmoqda

Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahar hududidagi  dehqon bozorlarda oziq-ovqat mahsulotlari savdosi ustidan profilaktik reyd tadbirlari o'tkazildi

Farg‘ona viloyati IIB JXX JTSB Karantin tadbirlarini taminlash guruhi xodimlari, Sanepidqo'mita Farg'ona viloyati  hamda  Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo'limi xodimlari hamkorligida dehqon bozorlarda nazorat ishlari olib borilmoqda.
Tadbirlar davomida oziq-ovqat mahsulotlarini sotuvga qo'yish jarayonida veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya etilishi holati o'rganilib, sifatsiz maxsulotlari  savdodan olinmoqda. Shuningdek, sotuvchilarga qonunchilik talablari va sanitariya qoidalari bo'yicha tushuntirishlar berilmoqda.