Contact us
+998-73-226-34-50
29.06.2026 09:15
Mazkur hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining 2026-yil 18-dekabrdagi 54-son buyrug‘i bilan “Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining nazorati ostidagi obyektlarda sanitariya-epidemiologiyaga oid qonunbuzilish xavfini tahlil etish tizimini joriy qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom” tasdiqlandi.
Ushbu nizomga muvofiq tadbirkorlik subyektlarida sanitariya-epidemiologik qonunchilik buzilishi ehtimolini aniqlash maqsadida Xavfni tahlil etish elektron tizimi joriy etilgan. Mazkur tizim nazorat qiluvchi organlarga aniq mezonlar asosida tadbirkorlik subyektining qonunbuzarlik xavfi darajasini elektron shaklda baholash imkonini beradi.
Muhimi, xavf darajasini baholash jarayonida tadbirkorlik subyektidan qo‘shimcha hujjatlar yoki ma’lumotlar talab etilmaydi. Baholash mavjud axborotlar asosida amalga oshiriladi. Bu esa ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, tadbirkorlar uchun qulay muhit yaratish va inson omilini kamaytirishga xizmat qiladi.
Qo‘mita tomonidan nazorat vakolati doirasidagi tadbirkorlik subyektlarida xavf darajasi tahlili yiliga kamida bir marotaba o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktabrdagi 611-son qarori asosida ishlab chiqilgan nizomga muvofiq, baholash natijalariga ko‘ra tadbirkorlik subyektlari uch toifaga ajratiladi:
Yuqori xavf darajasi – 81 va undan yuqori ball;
O‘rta xavf darajasi – 61 balldan 80 ballgacha;
Past xavf darajasi – 60 ball va undan kam.
Baholash natijalariga ko‘ra xavfi yuqori va o‘rta toifaga kiruvchi tadbirkorlik subyektlarida qonunbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktika tadbirlari amalga oshiriladi. Xavfi yuqori deb baholangan subyektlarda esa mavjud xavflarni bartaraf etish yuzasidan profilaktik chora-tadbirlar bilan bir qatorda, zarurat tug‘ilganda tekshiruv o‘tkazish tashabbusi ham ilgari surilishi mumkin.
Mazkur tizimning asosiy maqsadi jazolash emas, balki sanitariya-epidemiologik talablar buzilishining oldini olish, tadbirkorlarga amaliy ko‘mak berish hamda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlashdan iborat.
2026-yilning o‘tgan davri mobaynida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘limlari tomonidan xavfni tahlil etish natijalariga asosan 480 ta tekshiruv tashkil etildi. Shuningdek, tasdiqlangan choraklik reja-jadvallar asosida 803 ta tadbirkorlik subyektida profilaktika tadbirlari o‘tkazildi.
Xavfga asoslangan nazorat tizimining joriy etilishi tadbirkorlik subyektlarida sanitariya-epidemiologik talablarning bajarilishini ta’minlash, qonunbuzarliklarning oldini olish hamda sog‘lom va xavfsiz muhitni yaratishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Azizbek Imomaliev
Farg’ona viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi mutaxassisi
So’ngi yangiliklar
Tadbirkorlik subyektlarida xavf darajasini tahlil qilish – qonunbuzarl......
Mazkur hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik os......
Announcements | 29.06.2026 09:15
Giyohvandlikka qarshi kurash – millat kelajagini asrash yo‘lidagi muhi......
Shu bois yangi qonunda narkotik vositalarni tarqatishning zamonaviy usullariga qarshi samarali choralar belgilanganligi, ushb......
Announcements | 19.06.2026 11:20
YOZNING ISSIQ KUNLARIDA EHTIYOT CHORALARI...
Yoz faslida ob-havoning birdaniga isib ketishi bilan ko‘pchilik insonlarning tabiatga sayrga chiqishi, salqin ich......
Announcements | 15.06.2026 10:15
YOZ O‘TKIR YUQUMLI ICHAK KASALLIKLAR “MAVSUMI”MI?...
Yurtimizda o‘z to‘kin dasturxonini yozib, sahiy yoz hukmronlik qilmoqda. Bugun qaysi bir tomorqa, bog&lsquo......
Announcements | 26.05.2026 09:05