25.04.2026 11:30

Oʻlat — oʻta xavfli yuqumli kasallik!

Oʻlat kasalligi — hayvonlar va odamlar orasida uchraydigan, tez tarqaluvchi va ogʻir kechuvchi oʻta xavfli yuqumli bakterial kasallik hisoblanadi. Ushbu kasallikning asosiy tashuvchilari sifatida burgalar qayd etiladi. Kasallikning bubon, oʻpka va faringial shakllari mavjud boʻlib, ularning har biri alohida epidemiologik xavf tugʻdiradi.

- Sanepidqoʻmita Dangʻara tuman boʻlimi tomonidan “Oʻlat kasalligi aniqlangan holatda favqulodda harakatlar majmuasi” mavzusida oʻquv-taktik mashgʻulot tashkil etildi.

 -Sohaga dahldor soha vakillari ishtirok etgan tadbirda: 
- oʻlat kasalligi aniqlanganda tezkor choralar koʻrish,
- hududni izolyatsiya qilish tartiblari,
- sanitariya-epidemiologik xavfsizlikni taʼminlash,
- tibbiy kuzatuv va dezinfeksiya tadbirlarini tashkil etish,
- idoralararo hamkorlikni kuchaytirish masalalari amaliy jihatdan koʻrib chiqildi.

- Oʻquv-taktik mashgʻulotdan koʻzlangan asosiy maqsad — favqulodda epidemiologik vaziyatlarda mutasaddi tashkilotlarning oʻzaro hamkorligini mustahkamlash, tezkorlik va samaradorlikni oshirishdan iborat.