26.03.2026 01:25

Mahallabay ishlash tizimi

Mahallabay ishlash tizimi — bu aholi muammolarini joylarda o‘rganish, ularga manzilli yordam ko‘rsatish va mahalla darajasida davlat xizmatlarining samaradorligini oshirishga qaratilgan tizimdir. Ushbu tizim orqali fuqarolarning turmush sharoiti, sog‘lig‘i, bandligi va ijtimoiy muammolari bevosita o‘rganilib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘riladi.

-Shu maqsadda Sanepidqo‘mita Toshloq tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan hududning "Ko‘lariq", "Qumariq", "Qanjirg‘a", "Xotinqumi"  mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi aholi xonadonlarida  mahallabay ishlash tizimi doirasida targ‘ibot tadbirlari olib borildi.

-Tashrif davomida aholi o‘rtasida sanitariya madaniyatini oshirish, yuqumli kasalliklarning oldini olish, ichimlik suvi sifati, oziq-ovqat xavfsizligi hamda atrof muhit tozaligi bilan bog‘liq masalalar atroflicha o‘rganilib, muhim tavsiyalar berildi.