Свяжитесь с нами
+998-73-226-34-50
15.06.2026 10:15
Yoz faslida ob-havoning birdaniga isib ketishi bilan ko‘pchilik insonlarning tabiatga sayrga chiqishi, salqin ichimliklar iste’mol qilishi, bolalarning esa ochiq suv havzalarida cho‘milishi kuzatiladi. Ochiq suv havzalari yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchi mikrob, virus va bakteriyalarni saqlaydi, unda cho‘milish jarayonida og‘iz orqali tushgan suv miqdori kasallik keltirib chiqarishi mumkin. Tik quyosh nurlari ostida uzoq vaqt bo‘lish oftob urishi holatlariga olib keladi.
Sanepidqo’mita Farg’ona viloyat boshqarmasi vrach epidemiologi M.Jo’rayev bunday ko’ngilsiz holatlarni oldini olish uchun quyudagilarni tavsiya etadi:
— Kunduz kuni ko‘chaga chiqqanda bosh kiyim va soyabonlardan foydalaning;
— Yoz mavsumida oz-ozdan yengil ovqatlar iste’mol qiling, sovutgichda uzoq vaqt turib qolgan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilmang;
— Ichish uchun qaynatilgan suv tayyorlab qo‘ygan ma’qul. Har qanday sharoitda ochiq suv havzalaridan suv ichmang;
— Shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qiling, qo‘lni ovqatlanishdan oldin va xojatxonadan chiqqandan so‘ng sovunlab yuving;
— Xo‘l mevalarni doim toza oqar suvda yuvib iste’mol qiling;
— Iste’molga tayyor oziq-ovqat mahsulotlarini ustini ochiq holda qoldirmang. Hasharotlar oziq-ovqat mahsulotlariga qo‘nishini oldini olish uchun ustini doka bilan yopib qo‘ying;
— Tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlarini sovutgichda uzoq vaqt saqlamang;
— Idish-tovoqlarni ozoda tuting, ularni yuvishda zararsizlantiruvchi vositalardan foydalaning;
— Ertalab har xil badantarbiya mashqlari bilan organizmingizni chiniqtiring;
— Ruxsat etilmagan ochiq suv havzalari(soy, ariq va favvoralar)da cho‘milmang;
— Tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan shaxslar tomonidan, noma’lum sharoitda tayyorlanib, ko‘chalarda noqonuniy, arzon narxlarda sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari, har xil salqinlantiruvchi ichimliklar (ayron, sharbat, gazli suv)ni iste’mol qilishdan o‘zingizni tiying;
— Yashash joyingizni ozoda tuting, pashsha va boshqa hasharotlarning ko‘payishiga yo‘l qo‘ymang;
— Xonadonda va dam olish maskanida ko‘lmak suvlarning yig‘ilib qolishini, chiqindilarning ko‘payishini oldini oling;
— Deraza va eshiklarga to‘r pardalar o‘rnating, chivinlarga qarshi maxsus vositalardan foydalaning.
Unutmang! Kasallikni davolagandan ko‘ra uni oldini olish afzaldir.
So’ngi yangiliklar
TADBIRKORLIK SUBYEKTLARIDA PROFILAKTIKA TADBIRLARINI O‘TKAZISH TARTIBI......
Tadbirkorlik subyektlarida nazorat qiluvchi organlar tomonidan profilaktika tadbirlari tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlas......
Новости | 16.09.2026 02:45
CHANG BO‘RONLARI: ATROF-MUHIT VA AHOLI SALOMATLIGIGA TA’SIRI...
Kuchli shamol natijasida havoga ko‘tariladigan chang va qum zarrachalari atrof-muhitga, shuningdek, inson salomatligiga......
Новости | 09.09.2026 11:05
«O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» munosabati bila......
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan mamlakatimizda ko‘p yillik samarali mehnati, soha rivojiga qo‘shg......
Новости | 28.08.2026 10:45
Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan munosib e’tirof...
Mustaqilligimizning 35 yillik shodiyonasi arafasida yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va jamiyatimiz ravnaqi yo&lsqu......
Новости | 27.08.2026 11:00