Свяжитесь с нами
+998-73-226-34-50
16.09.2026 02:45
Tadbirkorlik subyektlarida nazorat qiluvchi organlar tomonidan profilaktika tadbirlari tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda amaldagi qonunchilik talablarini tushuntirish maqsadida o‘tkaziladi.
Profilaktika tadbirining asosiy maqsadi:
— amaldagi qonunchilik hujjatlari va ularga kiritilgan o‘zgartirishlarni tushuntirish;
— qonunchilik talablari buzilishining oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berish;
— soliq, bojxona va boshqa imtiyozlar hamda preferensiyalar haqida tushuntirish berish;
— qonunbuzilishlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etishga ko‘maklashish.
Profilaktika tadbirlari quyidagi shakllarda o‘tkazilishi mumkin:
▫️ seminarlar;
▫️ ommaviy muhokamalar;
▫️ ommaviy axborot vositalarida chiqishlar;
▫️ «Ochiq eshiklar kuni»;
▫️ tarqatma materiallarni tarqatish;
▫️ qo‘llanma, tavsiya va boshqa xatlarni tarqatish.
MUHIM!
Profilaktika tadbirlari tadbirkorlik subyektlarining joyiga bevosita chiqmagan va ularning faoliyatiga aralashmagan holda amalga oshiriladi.
Profilaktika tadbirlari tadbirkorlik subyektlari faoliyatida huquqbuzarlik sodir etish xavfi darajasidan kelib chiqib ishlab chiqilgan va tasdiqlangan choraklik reja-jadvallar asosida o‘tkaziladi.
Profilaktika tadbiri yakuni bo‘yicha nazorat qiluvchi organ tomonidan Axborot tizimiga quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:
— profilaktika tadbirini o‘tkazgan nazorat qiluvchi organ va uning tegishli tarkibiy bo‘linmasi nomi;
— profilaktika tadbirining shakli;
— tadbir ommaviy ravishda o‘tkazilgan bo‘lsa — unda ishtirok etgan tadbirkorlik subyektlarining umumiy soni hamda tadbir bayoni;
— tadbir manzilli amalga oshirilganda — unda qatnashgan tadbirkorlik subyektlari soni, ularga berilgan tavsiya va xabarnomalar soni hamda mazmuni;
— ommaviy axborot vositalaridagi chiqishlar, Internet jahon axborot tarmog‘idagi veb-saytlar, shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlardagi blog va chatlar orqali o‘tkazilgan muhokamalar haqida ma’lumotlar — ular o‘tkazilgan sana, manzili, OAVdagi ko‘rsatuv yoki loyiha nomi hamda Internet tarmog‘idagi manzili.
Eslatma: Profilaktika tadbiri — tadbirkorlik subyektini tekshirish emas, balki qonunchilik talablariga rioya etishda uni xabardor qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish va qonuniy faoliyat yuritishiga ko‘maklashishga qaratilgan chora-tadbirdir.
Sаnepidqo‘mita Farg‘ona viloyat boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari soha mutaxassislari tomonidan joriy yilning o‘tgan 8 oyi davomida 4229 ta tadbirkorlik sub’yektlarida profilaktika tadbirlari olib borildi.
Azizbek Imomaliyev,
Sanepidqo’mita Farg’ona viloyat boshqarmasi mutaxassisi
So’ngi yangiliklar
TADBIRKORLIK SUBYEKTLARIDA PROFILAKTIKA TADBIRLARINI O‘TKAZISH TARTIBI......
Tadbirkorlik subyektlarida nazorat qiluvchi organlar tomonidan profilaktika tadbirlari tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlas......
Новости | 16.09.2026 02:45
CHANG BO‘RONLARI: ATROF-MUHIT VA AHOLI SALOMATLIGIGA TA’SIRI...
Kuchli shamol natijasida havoga ko‘tariladigan chang va qum zarrachalari atrof-muhitga, shuningdek, inson salomatligiga......
Новости | 09.09.2026 11:05
«O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» munosabati bila......
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan mamlakatimizda ko‘p yillik samarali mehnati, soha rivojiga qo‘shg......
Новости | 28.08.2026 10:45
Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan munosib e’tirof...
Mustaqilligimizning 35 yillik shodiyonasi arafasida yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va jamiyatimiz ravnaqi yo&lsqu......
Новости | 27.08.2026 11:00