18.02.2026 09:20

#Giyohvandlikka_qarshi_kurash_oyligi

Farg'ona viloyat Sanitariya epidemilogik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasida "Giyohvandlikka qarshi kurash oyligi" doirasida giyohvandlik va uning salbiy oqibatlari haqida ma'naviy-ma'rifiy, profilaktik tadbir tashkil etildi.
 
Tadbirda viloyat Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi "Ma'rifat" targ'ibotchisi Sh.To'ychiyev, RINIATM Farg‘ona viloyat filiali narkolog shifokori A.Ahrorov, Farg'ona davlat universiteti o'qituvchisi I.Jahongirov hamda boshqarmaning rahbar va xodimlari ishtirok etdilar.