30.01.2026 10:50

Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilind

Sanepidqo‘mita Farg‘ona viloyat boshqarmasida korrupsiyaning oldini olish, xizmat faoliyatida qonun ustuvorligini ta’minlash hamda tizimda ochiqlikni kuchaytirishga qaratilgan yig‘ilish tashkil etildi.

-Yig‘ilish davomida viloyat boshqarmasi va hududiy bo‘limlar faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida 2025 yilda amalga oshirilgan ishlar tanqidiy ruhda ko‘rib chiqildi. Xususan, ichki nazorat mexanizmlari, murojaatlar bilan ishlash holati hamda xodimlarning mas’uliyati yuzasidan batafsil tahlillar olib borildi.
Shuningdek, mavjud kamchiliklar va korrupsion xavf omillarining kelib chiqish sabablari muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar ilgari surildi.

-Yig‘ilish yakunida 2026 yil uchun korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ustuvor yo‘nalishlar belgilandi. Jumladan, profilaktik nazorat tadbirlarini kuchaytirish, xizmat intizomini mustahkamlash, shaffoflikni oshirish hamda xodimlarning shaxsiy javobgarligini ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.