Свяжитесь с нами
+998-73-226-34-50
19.12.2025 11:35
Aholi salomatligini muhofaza qilish, viloyatdagi epidemiologik vaziyatni barqarorligini taʼminlash hamda mavsumiy yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olishda profilaktik o‘rganish ishlari muhim ahamiyat kasb etadi.
-Farg‘ona viloyat prokuraturasi tashabbusi bilan aholi orasida gripp va ORVI kasalliklari bo‘yicha epidemiologik nazoratni tashkil qilish maqsadida Sanepidqo‘mita Farg‘ona viloyat boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘limlaridagi mutaxassislar tomonidan hududlardagi barcha tibbiyot muassasalarida profilaktik va monitoring ishlari amalga oshirilmoqda. O‘rganishlar davomida bemorlar oqimi, dori vositalari zaxirasi, shifokorlar tavsiyalari va kasalliklarni erta aniqlash choralari, issiqlik rejimiga amal qilinishi, zararsizlantirish vositalarining yo‘riqnomaga asosan ishlatilishi o‘rganilmoqda.
Shuningdek, har bir muassasada sanitariya-gigiyena talablariga amal qilish, niqob rejimini kuchaytirish va aholi orasida profilaktika targ‘ibot ishlarining samarali usullari tushintirib borilmoqda.
-Mazkur chora-tadbirlar gripp va ORVIning keng tarqalishining oldini olishda muhim qadam hisoblanadi.
So’ngi yangiliklar
Ertalabki filtr tadbirlari muntazam ravishda o‘tkazilmoqda...
Viloyatdagi barcha maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar salomatligini muhofaza qilish maqsadida er......
Новости | 04.02.2026 09:20
Gripp va O'RVI profilaktikasi...
Aholi salomatligini muhofaza qilish, viloyatdagi epidemiologik vaziyatni barqarorligini taʼminlash hamda mavsumiy yuqumli kas......
Новости | 19.12.2025 11:35
#Kitobxon_davlat_xizmatchisi...
Farg‘ona viloyati hokimi tashabbusi bilan o‘tkazilgan “Kitobxon davlat xizmatchisi” tanlovining yakun......
Новости | 18.12.2025 11:30
Dehqon bozorlarida nazorat tadbirlari davom etmoqda...
Farg‘ona viloyatidagi mavjud dehqon bozorlarining sanitariya holatini yaxshilash, fuqarolarga qulay sharoit yaratish, s......
Новости | 13.12.2025 09:35