19.12.2025 11:35

Gripp va O'RVI profilaktikasi

Aholi salomatligini muhofaza qilish, viloyatdagi epidemiologik vaziyatni barqarorligini taʼminlash hamda mavsumiy yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olishda profilaktik o‘rganish ishlari muhim ahamiyat kasb etadi.
-Farg‘ona viloyat prokuraturasi tashabbusi bilan aholi orasida  gripp va ORVI kasalliklari bo‘yicha epidemiologik nazoratni tashkil qilish  maqsadida Sanepidqo‘mita Farg‘ona viloyat boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘limlaridagi  mutaxassislar tomonidan hududlardagi barcha tibbiyot muassasalarida profilaktik va monitoring ishlari  amalga oshirilmoqda. O‘rganishlar davomida bemorlar oqimi, dori vositalari  zaxirasi, shifokorlar tavsiyalari va kasalliklarni erta aniqlash choralari, issiqlik rejimiga amal qilinishi, zararsizlantirish vositalarining yo‘riqnomaga asosan ishlatilishi o‘rganilmoqda.
Shuningdek, har bir muassasada sanitariya-gigiyena talablariga amal qilish, niqob rejimini kuchaytirish va aholi orasida profilaktika targ‘ibot ishlarining samarali usullari  tushintirib borilmoqda. 

-Mazkur chora-tadbirlar gripp va ORVIning keng tarqalishining oldini olishda muhim qadam hisoblanadi.