15.04.2026 09:50

Marg‘ilon shahrida tibbiyot xodimlari o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2026 yil 17 aprel kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda davlatimiz rahbari tomonidan sportni rivojlantirish va aholi orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Har bir rahbarning shaxsan namuna bo‘lishi va sport uchun sharoitlarni kengaytirishi muhim vazifa sifatida belgilab berildi.
- Shu ezgu tashabbuslar asosida Marg‘ilon shahrida tibbiyot xodimlari o‘rtasida “Sog‘lom tanda – sifatli tibbiyot” shiori ostida sport musobaqalari tashkil etildi.

- Futbol, voleybol, tennis, shashka va shaxmat bo‘yicha o‘tgan bellashuvlar yuqori kayfiyat, jamoaviylik va faol ishtirok bilan o‘tdi.

- Unda Sanepidqo‘mita Marg‘ilon shahar bo‘limi jamoasi futbol yo‘nalishida barchadan ustun kelib, 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi va munosib taqdirlandi.

- Bunday tadbirlar sog‘lom hayot tarzini targ‘ib qilish bilan birga, tibbiyot xodimlarining birdamligini yanada mustahkamlaydi.