Свяжитесь с нами
+998-73-226-34-50
09.07.2026 10:50
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi tizimida ham korrupsiyaning oldini olish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Davlat xizmatlarini elektron shaklga o‘tkazish, murojaatlarni xolisona va shaffof ko‘rib chiqish, xizmat ko‘rsatish jarayonlarini takomillashtirish hamda ichki nazorat mexanizmlarini mustahkamlash borasida izchil ishlar olib borilmoqda.
Tizimda faqat tashkiliy choralar bilan cheklanib qolmasdan, xodimlar o‘rtasida yuksak huquqiy madaniyat va halollik muhitini shakllantirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Davra suhbatlari, seminarlar, huquqiy o‘quvlar va targ‘ibot tadbirlari muntazam tashkil etilib, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz munosabat mustahkamlanmoqda.
Joriy yilning o‘tgan olti oyi davomida boshqarma hamda uning tuman va shahar bo‘limlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida 14 ta targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Shuningdek, aholi va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida huquqiy ongni yuksaltirish maqsadida 10 ga yaqin targ‘ibot bannerlari joylashtirildi hamda korrupsiyaning salbiy oqibatlari va uning oldini olish choralari haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan targ‘ibot flayerlari keng tarqatildi. Bu kabi amaliy ishlar jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga xizmat qilmoqda.
Fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, murojaatlarni o‘z vaqtida va adolatli ko‘rib chiqish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish ham tizim faoliyatining ajralmas qismiga aylangan. Bu esa davlat idoralari faoliyatiga bo‘lgan ishonchni yanada mustahkamlamoqda.
Har bir davlat xizmatchisining halolligi, vijdonan mehnat qilishi va qonun talablariga qat’iy rioya qilishi korrupsiyaga qarshi kurashishning eng muhim omilidir. Zero, halollik ustuvor bo‘lgan jamiyatdagina barqaror taraqqiyot, aholi salomatligi va davlat xizmatlarining yuqori sifati ta’minlanadi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish — faqat mas’ul idoralarning emas, balki har bir fuqaroning ham fuqarolik burchidir. Shu bois, ochiqlik, shaffoflik va halollik tamoyillarini hayotimizga yanada chuqur singdirish, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish barchamizning umumiy vazifamiz bo‘lib qoladi.
Ilyos Akramov
Farg‘ona viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish ichki nazorat bo‘limi mutaxassisi.
So’ngi yangiliklar
Korrupsiyaga qarshi kurashish — taraqqiyot va ishonch kafolati...
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi tizimida ham korrupsiyaning oldini olish ustuvor vazifalardan bir......
Новости | 09.07.2026 10:50
Yoshlar — tibbiyotning buguni va kelajagi...
Bugungi kunda tibbiyot nafaqat yuksak bilim va mahoratni, balki zamonaviy fikrlash, innovatsion yondashuv va yuksak mas&rsquo......
Новости | 01.07.2026 10:15
Tadbirkorlik subyektlarida xavf darajasini tahlil qilish – qonunbuzarl......
Mazkur hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik os......
Новости | 29.06.2026 09:15
Giyohvandlikka qarshi kurash – millat kelajagini asrash yo‘lidagi muhi......
Shu bois yangi qonunda narkotik vositalarni tarqatishning zamonaviy usullariga qarshi samarali choralar belgilanganligi, ushb......
Новости | 19.06.2026 11:20