Biz bilan bo’glanish
+998-73-226-34-50
02.12.2025 01:45
Farg‘ona viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qo‘llab-quvvatlash choralari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida shahar va tuman sanitariya-gigiyena laboratoriyalari bo‘lim mudirlari hamda mehnat gigiyenasi bo‘limi mutaxassislari uchun ZOOM platformasi orqali navbatdagi o‘quv-seminar o‘tkazildi.
-Mazkur seminar doirasida sanitariya-gigiyena sohasida mehnat qilayotgan mutaxassislarning malakasini oshirish, ularning amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda laboratoriya faoliyati samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan ma’ruzalar taqdim etildi.
Tadbirda Milliy akkreditatsiya tizimi va “Sinov va kalibrlash laboratoriyalari kompetentligiga qo‘yiladigan umumiy talablar” standartining mazmun-mohiyati, laboratoriyalarni akkreditatsiyadan o‘tkazishning ahamiyati, ularda shaffoflik, aniqlik va ishonchlilikni ta’minlash kabi muhim yo‘nalishlar muhokama qilindi.
-Shuningdek, ishlab chiqarish va sanoat korxonalarida havo haroratini to‘g‘ri o‘lchash, me’yoriy talablar asosida baholash va mehnat sharoitlarini monitoring qilish bo‘yicha nazariy va amaliy ko‘rsatmalar berib o‘tildi. Shuningdek, o‘lchov asboblari bilan ishlash, laboratoriya jarayonlarini to‘g‘ri tashkil etish va xavfsizlik qoidalari ham tushuntirildi.
-Ushbu o‘quv seminarning asosiy maqsadi – mutaxassislarning bilim va malakasini zamonaviy talablar asosida oshirish, laboratoriya faoliyatida xalqaro standartlarni joriy qilish hamda aholi salomatligini muhofaza qilish yo‘nalishidagi ishlar samaradorligini kuchaytirishdan iboratdir.
So’ngi yangiliklar
Griip va O'RVI profilaktikasi...
Aholi salomatligini muhofaza qilish, viloyatdagi epidemiologik vaziyatni barqarorligini taʼminlash hamda mavsumiy yuqumli kas......
Yangiliklar | 19.12.2025 11:35
#Kitobxon_davlat_xizmatchisi...
Farg‘ona viloyati hokimi tashabbusi bilan o‘tkazilgan “Kitobxon davlat xizmatchisi” tanlovining yakun......
Yangiliklar | 18.12.2025 11:30
Dehqon bozorlarida nazorat tadbirlari davom etmoqda...
Farg‘ona viloyatidagi mavjud dehqon bozorlarining sanitariya holatini yaxshilash, fuqarolarga qulay sharoit yaratish, s......
Yangiliklar | 13.12.2025 09:35
Gripp qanday belgilar bilan namoyon bo'ladi?...
Gripp kasalligi belgilarini bilasizmi? Vaqtida chora ko‘ring! ...
Yangiliklar | 05.12.2025 11:00