13.12.2025 09:35

Dehqon bozorlarida nazorat tadbirlari davom etmoqda

Farg‘ona viloyatidagi mavjud dehqon bozorlarining sanitariya holatini yaxshilash, fuqarolarga qulay sharoit yaratish, sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida Farg‘ona viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari soha mutaxassislari tomonidan 
nazorat tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda. 

-O‘tkazilayotgan tadbirlardan maqsad  hududlardagi dehqon bozorlarida sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilinishini nazorat qilish, aholiga sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berilishini ta’minlash, tegishli veterinariya hujjatlarisiz go‘sht, sut va boshqa turdagi oziq-ovqat mahsulotlari savdosini oldini olish hisoblanadi.

Mutaxassislar tomonidan joriy yilning o‘tgan oyi  mobaynida  olib borilgan nazorat tadbirlari davomida  592 kg oziq-ovqat mahsulotlari iste’molga yaroqsiz deb topilib, o‘rnatilgan tartibda savdodan olindi.