02.12.2025 01:45

O'quv seminar

Farg‘ona viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi  boshqarmasi majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qo‘llab-quvvatlash choralari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida shahar va tuman sanitariya-gigiyena laboratoriyalari bo‘lim mudirlari hamda mehnat gigiyenasi bo‘limi mutaxassislari uchun ZOOM platformasi orqali navbatdagi o‘quv-seminar o‘tkazildi.

-Mazkur  seminar doirasida sanitariya-gigiyena sohasida mehnat qilayotgan mutaxassislarning malakasini oshirish, ularning amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda laboratoriya faoliyati samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan ma’ruzalar taqdim etildi.
Tadbirda Milliy akkreditatsiya tizimi va “Sinov va kalibrlash laboratoriyalari kompetentligiga qo‘yiladigan umumiy talablar” standartining mazmun-mohiyati, laboratoriyalarni akkreditatsiyadan o‘tkazishning ahamiyati, ularda shaffoflik, aniqlik va ishonchlilikni ta’minlash kabi muhim yo‘nalishlar muhokama qilindi. 

-Shuningdek, ishlab chiqarish va sanoat korxonalarida havo haroratini to‘g‘ri o‘lchash, me’yoriy talablar asosida baholash va mehnat sharoitlarini monitoring qilish bo‘yicha nazariy va amaliy ko‘rsatmalar berib o‘tildi. Shuningdek, o‘lchov asboblari bilan ishlash, laboratoriya jarayonlarini to‘g‘ri tashkil etish va xavfsizlik qoidalari ham tushuntirildi.

-Ushbu o‘quv seminarning asosiy maqsadi – mutaxassislarning bilim va malakasini zamonaviy talablar asosida oshirish, laboratoriya faoliyatida xalqaro standartlarni joriy qilish hamda aholi salomatligini muhofaza qilish yo‘nalishidagi ishlar samaradorligini kuchaytirishdan iboratdir.