15.10.2025 09:50

Dezinfeksiya

Yuqumli kasalliklarning oldini olishda dezinfeksiya ishlari alohida ahamiyatga ega. Dezinfeksiya — bu virus, bakteriya va boshqa xatarli mikroorganizmlarni yo‘q qilish, ularning inson salomatligi uchun xavfsiz muhit yaratish maqsadida amalga oshiriladigan sanitariya-gigiyena tadbiri hisoblanadi.

—Shu maqsadda, Sanepidqo‘mita Rishton tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan yuqumli kasallik o‘choqlarida dezinfeksiya tadbirlari o‘tkazildi. Tadbirlar davomida aholi salomatligi uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan hududlarda maxsus dezinfeksiya vositalari yordamida ishlov berildi. 

—Bu kabi profilaktik choralar yuqumli kasalliklarning tarqalish xavfini kamaytiradi va aholi uchun sog‘lom muhitni ta’minlaydi.