14.08.2025 10:10

Ochiq muloqot

Bugun Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat kutubxonasida tasdiqlangan media tadbirlar rejasiga muvofiq Sanepidqo‘mita Farg‘ona viloyat boshqarmasi, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamkorligida  “O‘ta xavfli yuqumli kasalliklar profilaktikasi” mavzusida  ochiq muloqot tashkil etildi. 

Jamoatchilik vakillari hamda soha mutaxassislari ishtirokidagi  tadbirda ushbu kasalliklarning kelib chiqish sabablari, ularning inson salomatligiga tahdidi hamda oldini olish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar haqida atroflicha ma’lumot berildi. Muloqot jarayonida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etish va emlash ishlarining ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan bevosita javob olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.