06.08.2025 11:50

Farg'ona eksporti

Viloyatimizda esportyor korxonalarni qo‘llab-quvvatlash, yetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqishini yanada rag‘batlantirish maqsadida  mutaxassislarimiz tomonidan doimiy amaliy yordam va tavsiyalar berib borilmoqda.

—Xususan, Farg‘ona tumani Mingdonobod MFYda joylashgan "SIRELIS" MCHJ eksportyor korxonasiga tegishli bo‘lgan 20 tonna  olxo‘ri mahsulotini Polsha davlatiga eksport qilish jarayonida eksportyorlarga xalqaro standartlar, sanitariya-gigiyena talablari, mahsulotni to‘g‘ri qadoqlash va sertifikatlash bo‘yicha aniq yo‘riqnomalar taqdim etildi. 

— Bunday amaliy ko‘maklar mahalliy ishlab chiqaruvchilarimizning xalqaro bozorda raqobatbardoshligini oshirish, yangi eksport yo‘nalishlarini ochish va  iqtisodiyotimizni yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.