Biz bilan bo’glanish
+998-73-226-34-50
30.06.2025 10:25
 
                    
Inson salomatligi – hayotimizning eng bebaho boyligi. Uni pul bilan ham, boshqa boylik bilan ham tenglashtirib bo‘lmaydi. Sog‘liq bo‘lsa, hayot go‘zal, mehnat shirin, orzu va rejalar amalga oshadi. Shu bois qadimdan ajdodlarimiz “Sog‘ bo‘lsang, tog‘ bo‘lasan”, deb bejiz aytmaganlar.
Bugungi kunda inson salomatligini saqlash uchun ko‘plab yo‘llar tavsiya qilinmoqda: to‘g‘ri ovqatlanish, sport bilan shug‘ullanish, zararli odatlardan yiroq bo‘lish. Lekin ko‘p hollarda bitta oddiy narsa unutiladi — bu so‘zning kuchi.
So‘z — bu inson qalbiga yo‘l topuvchi sehrli kalit. Yaxshi, iliq, ijobiy so‘z odamni ruhlantiradi, unga kuch va ishonch beradi. Masalan, shifokorning bemorga samimiy taskin beruvchi so‘zi, o‘qituvchining o‘quvchisiga bergan rag‘batli gapi, ota-onaning farzandiga aytgan mehrga to‘la maslahatlari — bularning barchasi inson salomatligi uchun muhim omillardir. Chunki inson ruhiy jihatdan tetik bo‘lsa, uning tanasi ham sog‘lom bo‘ladi.
Aksincha, yomon, qo‘pol yoki og‘ir so‘zlar inson qalbini ranjitadi, uni tushkunlikka soladi. Bu esa stressga, asab buzilishiga, hattoki turli kasalliklarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ham, doimo bir-birimizga yaxshi so‘zlar aytishga, mehribon bo‘lishga intilishimiz kerak.
Xulosa qilib aytganda, inson salomatligi nafaqat jismoniy harakatlarda yoki dorilarda, balki so‘zlarda ham yashaydi. Shuning uchun har birimiz og‘izdan chiqqan so‘zimiz uchun mas’ul bo‘lib, yaqinlarimizga, atrofimizdagi odamlarga iliq, mehrli, rag‘batlantiruvchi so‘zlar aytaylik. Chunki ba’zida oddiygina bir yaxshi so‘z ham insonning sog‘lig‘ini mustahkamlashga sabab bo‘lishi mumkin.
3-kurs amaliyotchisi
Abdug'aniyeva Feruzabonu
So’ngi yangiliklar
 
                Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiya qiladi...
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mavsumiy yuqumli kasalliklardan, xususan, grippdan himoyalanishda eng yaxshi vosita......
Yangiliklar | 31.10.2025 11:00
 
                Mahallabay ishlash tizimi...
Mahallabay ishlash tizimi — bu aholi muammolarini joylarda o‘rganish, ularga manzilli yordam ko‘rsatish va......
Yangiliklar | 29.10.2025 09:10
 
                Labaratoriyalar faoliyati ...
Bugungi kunda aholining sog‘lom turmush tarzini ta’minlashda iste’mol mahsulotlarining sifati va xavfsizlig......
Yangiliklar | 23.10.2025 10:05
 
                Dezinfeksiya...
Yuqumli kasalliklarning oldini olishda dezinfeksiya ishlari alohida ahamiyatga ega. Dezinfeksiya — bu virus, bakteriya......
Yangiliklar | 15.10.2025 09:50