31.10.2025 11:00

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiya qiladi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mavsumiy yuqumli kasalliklardan, xususan, grippdan himoyalanishda eng yaxshi vosita sifatida emlashni tavsiya etadi. Mavsum avvalida grippga qarshi vaksina olish uni yuqtirish ehtimolini 90 foizga, og‘ir kechish ehtimolini esa 60 foizga qisqartiradi. Emlashning kuzning avvalida olish maqsadga muvofiq, chunki kasallik keng tarqalgan davr noyabr-mart oylariga to‘g‘ri keladi.

Yodda tuting!  Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish orqali ham ko‘plab yuqumli kasalliklarni oldini olish mumkin.