Contact us
+998-73-226-34-50
30.06.2025 10:25
Inson salomatligi – hayotimizning eng bebaho boyligi. Uni pul bilan ham, boshqa boylik bilan ham tenglashtirib bo‘lmaydi. Sog‘liq bo‘lsa, hayot go‘zal, mehnat shirin, orzu va rejalar amalga oshadi. Shu bois qadimdan ajdodlarimiz “Sog‘ bo‘lsang, tog‘ bo‘lasan”, deb bejiz aytmaganlar.
Bugungi kunda inson salomatligini saqlash uchun ko‘plab yo‘llar tavsiya qilinmoqda: to‘g‘ri ovqatlanish, sport bilan shug‘ullanish, zararli odatlardan yiroq bo‘lish. Lekin ko‘p hollarda bitta oddiy narsa unutiladi — bu so‘zning kuchi.
So‘z — bu inson qalbiga yo‘l topuvchi sehrli kalit. Yaxshi, iliq, ijobiy so‘z odamni ruhlantiradi, unga kuch va ishonch beradi. Masalan, shifokorning bemorga samimiy taskin beruvchi so‘zi, o‘qituvchining o‘quvchisiga bergan rag‘batli gapi, ota-onaning farzandiga aytgan mehrga to‘la maslahatlari — bularning barchasi inson salomatligi uchun muhim omillardir. Chunki inson ruhiy jihatdan tetik bo‘lsa, uning tanasi ham sog‘lom bo‘ladi.
Aksincha, yomon, qo‘pol yoki og‘ir so‘zlar inson qalbini ranjitadi, uni tushkunlikka soladi. Bu esa stressga, asab buzilishiga, hattoki turli kasalliklarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ham, doimo bir-birimizga yaxshi so‘zlar aytishga, mehribon bo‘lishga intilishimiz kerak.
Xulosa qilib aytganda, inson salomatligi nafaqat jismoniy harakatlarda yoki dorilarda, balki so‘zlarda ham yashaydi. Shuning uchun har birimiz og‘izdan chiqqan so‘zimiz uchun mas’ul bo‘lib, yaqinlarimizga, atrofimizdagi odamlarga iliq, mehrli, rag‘batlantiruvchi so‘zlar aytaylik. Chunki ba’zida oddiygina bir yaxshi so‘z ham insonning sog‘lig‘ini mustahkamlashga sabab bo‘lishi mumkin.
3-kurs amaliyotchisi
Abdug'aniyeva Feruzabonu
So’ngi yangiliklar
Ochiq muloqot...
Bugun Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat kutubxonasida tasdiqlangan media tadbirlar rejasiga muvofiq Sanepidqo‘mita......
Announcements | 14.08.2025 10:10
Farg'ona eksporti...
Viloyatimizda esportyor korxonalarni qo‘llab-quvvatlash, yetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tashqi bo......
Announcements | 06.08.2025 11:50
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ertalabki filtr tadbirlari izchil......
Sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalashda maktabgacha ta’lim muassasalarida sanitariya-gigiyena talablariga amal......
Announcements | 04.08.2025 10:10
Hududlarda brakeraj...
Dehqon bozorlarida aholiga sifatli va arzon oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilishini nazorat qilish, hududni sanitariya h......
Announcements | 31.07.2025 10:50