23.10.2025 10:05

Labaratoriyalar faoliyati

Bugungi kunda aholining sog‘lom turmush tarzini ta’minlashda iste’mol mahsulotlarining sifati va xavfsizligini nazorat qilish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu maqsadda Sanepidqo‘mita Farg‘ona viloyat boshqarmasi Sanitariya-gigiyena laboratoriyasida shahar va tuman bo‘limlari mutaxassislari uchun amaliy seminar tashkil etildi.

—Seminar davomida ishtirokchilarga oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini baholash usullari, xususan, meva va sabzavotlar tarkibidagi nitratlar hamda kolbasa mahsulotlari tarkibidagi nitrit miqdorini, kommunal gigiyena laboratoriyasida ichimlik suvi tarkibidagi qattiqlik va xloridlarni aniqlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berildi. 

—Tadbirning asosiy maqsadi mutaxassislarning laboratoriya amaliyoti bo‘yicha bilim va malakasini oshirish, aholi iste’mol qilayotgan mahsulotlarning sanitariya talablariga mosligini ta’minlashdan iboratdir.