Biz bilan bo’glanish
+998-73-226-34-50
28.06.2025 10:00
—Farg‘ona viloyatida hozirgi kunda 649 ta eksportyor korxonalar mavjud bo‘lib, viloyatda yetishtirilayotgan qishloq ho‘jaligi mahsulotlari Rossiya va Yevropa davlatlariga eksport qilinmoqda.
Hukumatimiz tomonidan qabul qilingan eksportyor korxonalarni qo‘llab-quvvatlashga doir yangi qaror va farmoyishlar eksportyorlar va eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
--Sanepidqo‘mita Farg‘ona viloyat boshqarmasi hamda boshqarmaning hududiy bo‘limlari mutaxassislari tomonidan hududlardagi qishloq xo‘jaligi va meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va eksportga yo‘naltiruvchi eksportyor korxonalarga mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqish uchun xalqaro talab va me’yorlar bo‘yicha tushintirish va tavsiyalar berilib, amaliy yordam ko‘rsatib kelinmoqda.
—Jumladan,Farg‘ona shahrida joylashgan "FERGANA ECO FRUCT" MCHJ tomonidan quritilgan meva va poliz mahsulotlari eksport qilinmoqda. Bugun ushbu MCHJ rahbari Rustam Ahunov hamda korxonaning Belorussiyadagi vakili Yuriy Vasilovich Sanepidqo‘mita Farg‘ona viloyat boshqarmasida bo‘lib, boshqarma boshlig‘i va tegishli hodimlar ishtirokida suhbat uyushtirildi. Cuhbat davomida mutaxassislarimiz tomonidan eksport qilinayotgan meva sabzavot mahsulotlarini xavfsizlik ko‘rsatkichlarini aniqlash, tavsiya va amaliy yordamlar berib borilayotgani alohida e’tirof etildi.
—Shuningdek, MCHJ tomonidan O‘zbekistonda yetishtirilgan pista mahsulotini eksportini amalga oshirish uchun mikotoksin ko‘rsatkichlariga tahlil o‘tkazish bo‘yicha amaliy yordam berildi.
So’ngi yangiliklar
Farg'ona eksporti...
Viloyatimizda esportyor korxonalarni qo‘llab-quvvatlash, yetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tashqi bo......
Yangiliklar | 06.08.2025 11:50
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ertalabki filtr tadbirlari izchil......
Sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalashda maktabgacha ta’lim muassasalarida sanitariya-gigiyena talablariga amal......
Yangiliklar | 04.08.2025 10:10
Hududlarda brakeraj...
Dehqon bozorlarida aholiga sifatli va arzon oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilishini nazorat qilish, hududni sanitariya h......
Yangiliklar | 31.07.2025 10:50
28 iyul — Butunjahon gepatitga qarshi kurash kuni....
Bu kun jahon hamjamiyatini gepatit viruslari haqida xabardor qilish, kasallikning oldini olish va davolash imkoniyatlarini ke......
Yangiliklar | 28.07.2025 01:05