28.06.2025 10:00

Eksport

—Farg‘ona viloyatida hozirgi kunda  649 ta eksportyor korxonalar mavjud bo‘lib,  viloyatda yetishtirilayotgan qishloq ho‘jaligi mahsulotlari Rossiya va Yevropa davlatlariga eksport qilinmoqda. 
Hukumatimiz tomonidan qabul qilingan eksportyor korxonalarni qo‘llab-quvvatlashga doir yangi qaror va farmoyishlar eksportyorlar va eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. 

♻️Sanepidqo‘mita Farg‘ona viloyat boshqarmasi hamda boshqarmaning hududiy bo‘limlari mutaxassislari tomonidan hududlardagi qishloq xo‘jaligi va meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va eksportga yo‘naltiruvchi eksportyor korxonalarga mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqish uchun xalqaro talab va me’yorlar bo‘yicha tushintirish va  tavsiyalar berilib, amaliy yordam  ko‘rsatib kelinmoqda.

—Jumladan,Farg‘ona shahrida joylashgan "FERGANA ECO FRUCT" MCHJ  tomonidan quritilgan meva va poliz mahsulotlari  eksport qilinmoqda. Bugun ushbu MCHJ rahbari Rustam Ahunov hamda korxonaning Belorussiyadagi vakili Yuriy Vasilovich Sanepidqo‘mita Farg‘ona viloyat boshqarmasida bo‘lib, boshqarma boshlig‘i va tegishli hodimlar ishtirokida suhbat uyushtirildi.  Cuhbat davomida mutaxassislarimiz tomonidan eksport qilinayotgan meva sabzavot mahsulotlarini xavfsizlik ko‘rsatkichlarini aniqlash, tavsiya va amaliy yordamlar berib borilayotgani alohida e’tirof etildi. 

—Shuningdek, MCHJ tomonidan O‘zbekistonda yetishtirilgan pista mahsulotini eksportini amalga oshirish uchun mikotoksin ko‘rsatkichlariga tahlil o‘tkazish bo‘yicha amaliy yordam berildi.