04.08.2025 10:10

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ertalabki  filtr tadbirlari izchil olib borilmoqda

Sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalashda maktabgacha ta’lim muassasalarida sanitariya-gigiyena talablariga amal qilish, bolalar salomatligini doimiy nazoratda ushlash muhim o‘rin tutadi.
— Shu maqsadda hududlardagi maktabgacha ta’lim muassasalarida barcha bolalar maxsus tibbiy ko‘rik – filtr tadbirlari orqali qabul qilinmoqda.

Ushbu tadbir doirasida:
—Bolalarning harorati o‘lchanadi,
— Tashqi alomatlari – badandagi toshmalar, shamollash belgilari, ko‘z va burun holati tekshiriladi,
— Sog‘lig‘ida shubhali holat kuzatilgan bolalar darhol alohida ajratiladi va ota-onalari xabardor qilinadi.

— Bu tadbirlar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish, bolalar uchun xavfsiz muhit yaratishga qaratilgan.