22.05.2025 10:55

Toza qo'llar

—O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2025 yil  30 yanvardagi “O‘zbekiston–2030”  strategiyasini  “Atrof-muhitni  asrash  va  “yashil  iqtisodiyot”
yilida  amalga  oshirishga  oid  davlat  dasturi  to‘g‘risida”gi  farmoniga  muvofiq “Tibbiyotda 90 kunlik o‘zgarishlar” va “Toza qo‘llar” dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida Oltiariq tumani tibbiyot birlashmasida  Sanepidqo‘mita Oltiariq tuman bo‘limi mutaxassislari  tomonidan seminar o‘tkazildi.

—Seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad tumandagi barcha sog‘liqni saqlash va ta’lim muassasalarida qo‘l yuvish joylarini zarur sanitariya-gigiyena vositalari bilan ta’minlash, sanitariya-gigiyena xonalarining texnik holatini yaxshilash,  qo‘l yuvish uchun yetarli sharoitlar yaratish va zarur antiseptik vositalari bilan ta’minlash choralarini ko‘rishdan iborat.