13.06.2025 02:20

Ma'naviyat-ma'rifat soati

Prezidentimiz qaroriga muvofiq, yurtimizda tibbiyot sohasida xalq manfaatlariga qaratilgan 90 kunlik islohotlar dasturi boshlandi. Bu islohotlar orqali soha tubdan yangilanishi, tibbiy xizmatning sifati va shaffofligi yanada oshishi ko‘zda tutilgan.

—Bugun Farg‘ona viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi majlislar zalida  navbatdagi ma’naviyat-ma’rifat soati tashkil etildi. 

—Unda "Tibbiyotda 90 kunlik o‘zgarishlar" dasturi doirasida hududlarda olib borilayotgan amaliy ishlar, tibbiyot muassasalarining sanitariya holatini yaxshilash borasida mutaxassislar tomonidan amalga oshirilayotgan nazorat  tadbirlari va bu orqali fuqarolarga yaratilayotgan qulayliklar  haqida so‘z bordi.