02.05.2025 10:20

Siyosiy-ma'rifat soati

—Jahonda bo‘lgani kabi, yurtimizda ham  axborot kommunikatsiya texnologiyalari rivojlangan sari uning afzalligi va qulayliklaridan foydalanish bilan bir qatorda axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari dolzarb bo‘lib qolmoqda. Kiberxavfsizlik bu – tasodifiy va atayin qilingan yoki uyushtirilgan axborot hujumlaridan himoyalanish demakdir. 

—Bugun Sanepidqo‘mita Farg‘ona viloyat boshqarmasida tashkil etilgan navbatdagi siyosiy  ma’rifat soatida "Kiberxavfsizlik bo‘yicha xabardorlikni oshirish: Aholi va tashkilotlar o‘rtasida kiberxavfsizlikning ahamiyati va kiberhujumlardan himoyalanish" mavzusida  fikr yuritildi.

—Unda boshqarma xodimlari mutaxassisdan kiberxavfsizlik masalalariga doir savollarga aniq va batafsil ma’lumot oldilar. Yakunda mavzuga doir videorolik namoyish etildi.