Свяжитесь с нами
+998-73-226-34-50
25.03.2024 12:00
Bugungi kunda umumta’lim maktablarida davlat-xususiy sheriklik asosida oshxona yoki bufet qurish, ta’mirlash va jihozlash, hududda oshxona faoliyati yo‘lga qo‘yilmagan maktablarda sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari (o‘quvchilar) uchun imtiyozli shartlarda ovqatlanishini ta’minlash, oshpazlik kasbiga ega bo‘lgan hududda ishsiz bo‘lgan fuqarolarni ish bilan ta’minlash maqsadida umumta’lim maktablari o‘quvchilarini issiq va sifatli oziq-ovqat bilan ta’minlash, oshxona va bufetlari mavjud bo‘lmagan umumta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasi holatidan kelib chiqib tashabbuskor tadbirkorlik subyektlariga investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar yuklangan holda 10 yil muddatgacha davlat-xususiy sheriklik asosida berish bo‘yicha loyiha amalga oshirilmoqda.
Shu munosabati bilan, Xalq ta’limi vazirligi xalq ta’limi tizimidagi oshhonalarni davlat-xususiy sheriklik asosida berish va yangi oshxonalar qurish bo‘yicha xususiy sektor vakillarini hamkorlikka chaqiradi.
Loyihani amalga oshirishga qiziqish bildirgan tadbirkorlik subyektlari quyidagi talablarga hamda “Umumta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etishni yanada takomillashtirishga qo‘yilgan talablar”ga javob beruvchi takliflarini taqdim etishlari kerak:
Loyihani davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirish istagida bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari quyidagi hujjatlarni to‘ldirgan va tasdiqlangan holda Vazirlikka taqdim etishlari zarur:
Loyiha konsepsiyasi shakli
Loyiha baholash hujjati (moliyaviy model) shakli
Diqqat! Loyiha takliflari joriy yilning 15 sentabr kuni soat 18:00 ga qadar qabul qilinadi. Qiziqish bildirgan tadbirkorlik subyektlari o‘z takliflarini Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, 2A-uy (pochta indeksi: 100011) manzili bo‘yicha Vazirlik devonxonasiga shaxsan taqdim etishlari yoki info@xtv.uz hamda gchpmno@gmail.com elektron pochtasi orqali yuborishlari so‘raladi.
So’ngi yangiliklar
Tashrif...
Ayni paytda Farg‘ona viloyatida bo‘lib turgan Sanepidqo‘mita raisi Bahodir Qahramonovich Yusupa......
Новости | 28.04.2026 10:25
“O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi kubogi” uchun......
Farg‘ona shahridagi Olimpiya zahiralari sport maktabida Sanepidqo‘mita Farg‘ona viloyat boshqarmasining hud......
Новости | 24.04.2026 10:10
Marg‘ilon shahrida tibbiyot xodimlari o‘rtasida sport musobaqalari o‘t......
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2026 yil 17 aprel kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda davlatimiz ra......
Новости | 15.04.2026 09:50
Reyd tadbirlari...
Farg‘ona viloyati IIB JXX JTSB Karantin tadbirlarini ta’minlash guruhi xodimlari, Sanepidqo‘mita Farg&lsquo......
Новости | 14.04.2026 09:40