25.04.2025 09:55

Hamkorlikda matbuot tadbirlari tashkil etildi.

—O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda viloyat hokimligi tomonidan tasdiqlangan media tadbirlar rejasi asosida Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat Axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi inspeksiyaning viloyat bo‘limi, Farg‘ona viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi  boshqarmasi  mas’ul xodimlari, OAV va jamoatchilik vakillari ishtirokida matbuot tadbiri tashkil etildi. 

—Dastlab Federatsiyaning viloyat hududiy birlashmasi tomonidan tashkillangan ochiq muloqot bilan  boshlagan tadbir Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i A. Xolmatov tomonidan “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni va uning jamiyat hayotida tutgan o‘rni va ahamiyati” mavzusidagi brifing, shuningdek Farg‘ona viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi  boshqarmasi mutaxassisi K. Teshaboyevning “Soha mutaxassislari tomonidan dehqon bozorlari va   oziq-ovqat mahsulotlari savdo shahobchalarida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasida olib borilayotgan profilaktik targ‘ibot tadbirlari” mavzusidagi matbuot anjumani bilan davom etdi. 

—Tadbirlar doirasida mavzu yuzasidan berilgan savollarga mutaxassislarning javoblari tinglandi.