Свяжитесь с нами
+998-73-226-34-50
28.10.2026 11:00
Meningit — bosh miya va orqa miyani o‘rab turuvchi pardalarning yallig‘lanishi bilan kechadigan jiddiy kasallik bo‘lib, uni bakteriyalar, viruslar va boshqa mikroorganizmlar keltirib chiqaradi.
Ayniqsa, bakterial meningit juda tez rivojlanishi va inson hayotiga jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin. Shu bois kasallikning ilk belgilariga befarq bo‘lmaslik va o‘z vaqtida tibbiy yordamga murojaat qilish muhim ahamiyatga ega.
MENINGITNING ASOSIY BELGILARI:
-Tana haroratining keskin ko‘tarilishi;
-Kuchli bosh og‘rig‘i;
-Bo‘yinning qotishi, boshni egishda qiyinchilik;
-Yorug‘likka sezuvchanlikning ortishi;
-Ko‘ngil aynishi va qusish;
-Ongning o‘zgarishi, uyquchanlik, hushdan ketish;
-Bosganda yo‘qolmaydigan teri toshmalari.
Chaqaloqlarda esa tinimsiz yig‘lash, emishdan bosh tortish, haddan tashqari uyquchanlik, bo‘shashish yoki bosh liqildog‘ining bo‘rtib chiqishi kuzatilishi mumkin.
Ushbu belgilar bir vaqtda paydo bo‘lishini kutmang. Meningitga shubha tug‘ilganda zudlik bilan tibbiy yordamga murojaat qiling.
MENINGIT QANDAY YUQADI?
Meningitning ayrim bakterial turlari, jumladan, meningokokk infeksiyasi, asosan, yaqin muloqot va nafas yo‘llari ajralmalari orqali yuqishi mumkin. Kasallikning yuqish yo‘li uni keltirib chiqargan qo‘zg‘atuvchiga bog‘liq.
KASALLIKNING OLDINI OLISH UCHUN:
-Qo‘llarni muntazam sovunlab yuving.
-Xonalarni tez-tez shamollatib turing.
-Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qiling.
-Kasallikka shubha tug‘ilganda o‘zboshimchalik bilan davolanmang.
-Bemor bilan yaqin aloqada bo‘lgan bo‘lsangiz, tibbiy mutaxassis tavsiyasiga muvofiq harakat qiling.
-EMLASH — MENINGITNING AYRIM XAVFLI TURLARIDAN HIMOYALANISHNING MUHIM VOSITASIDIR!
Meningitning ayrim turlariga qarshi vaksinalar mavjud. Emlash masalasida oilaviy shifokor yoki hududiy poliklinika mutaxassisiga murojaat qiling.
UNUTMANG: MENINGITDA VAQT HAL QILUVCHI AHAMIYATGA EGA!
Kasallik belgilariga befarq bo‘lmang, o‘z salomatligingiz va yaqinlaringiz salomatligini asrang.
F. Mamadaliev,
Sanepidqo‘mita Farg‘ona viloyati boshqarmasi Epidemiologiya bo‘limi mudiri
So’ngi yangiliklar
MENINGIT KASALLIGINING OLDINI OLISH — MUHIM!...
Meningit — bosh va orqa miya pardalarining yallig‘lanishi bilan kechadigan jiddiy kasallik. Kasallikning oldini......
Новости | 04.11.2026 11:10
VIRUSLI GEPATIT — OLDINI OLISH MUMKIN BO‘LGAN KASALLIK!...
Sanepidqo‘mita O‘zbekiston tuman bo‘limi tomonidan tumandagi umumta’lim maktablarida faoliyat yuritay......
Новости | 07.10.2026 11:10
Oziq-ovqat xavfsizligi nazorat qilindi...
Sanepidqo’mita Farg’ona shahar bo’limi hamda Farg’ona viloyat Ichki Ishlar boshqarmasi Karantin tadbi......
Новости | 25.09.2026 10:05
TADBIRKORLIK SUBYEKTLARIDA PROFILAKTIKA TADBIRLARINI O‘TKAZISH TARTIBI......
Tadbirkorlik subyektlarida nazorat qiluvchi organlar tomonidan profilaktika tadbirlari tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlas......
Новости | 16.09.2026 02:45