15.10.2026 10:50

"MAVSUMIY YUQUMLI KASALLIKLAR PROFILAKTIKASI: EMLASHNING AHAMIYATI" MAVZUSIDA MATBUOT ANJUMANI O'TLAZILDI

Farg‘ona viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi tomonidan Ahmad al-Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida “Mavsumiy yuqumli kasalliklar profilaktikasi. Emlashning ahamiyati” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Tadbirning asosiy maqsadi aholi o‘rtasida mavsumiy yuqumli kasalliklarning oldini olish, kasalliklardan himoyalanishda emlashning ahamiyatini keng targ‘ib qilish hamda jamoatchilikning profilaktika choralari bo‘yicha xabardorligini oshirishdan iborat.

Matbuot anjumanida Farg‘ona viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi mutaxassislari, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi mutaxassislari, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mas’ullari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida:
Farg‘ona viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi mutaxassisi X. Mamajonovning “Emlashning ahamiyati”, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi mutaxassisi M. Azimovning “Mavsumiy yuqumli kasalliklar profilaktikasi” mavzusidagi ma’ruzalari tinglandi

Shuningdek, mavsumiy yuqumli kasalliklarning oldini olish choralari, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, profilaktik tadbirlarning ahamiyati hamda aholi salomatligini muhofaza qilish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Matbuot anjumani yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob olib, dolzarb masalalar yuzasidan batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.