18.08.2026 09:45

Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi

Sanepidqo‘mita Bag‘dod tuman bo‘limida Respublika ishchi guruhi a’zolari D. Ashurov, B. Eronov, J. Djafarov hamda Sanepidqo‘mita Farg‘ona viloyat boshqarmasi mutaxassisi I. Akramov ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, uning oldini olishda har bir xodimning mas’uliyati, shuningdek, faoliyatda halollik, shaffoflik va qonuniylik tamoyillariga qat’iy rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish, xizmat vazifalarini qonuniylik, adolat va vijdonan olib borish, xodimlarning huquqiy ongi va mas’uliyatini yanada oshirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.